Sane faqat bir shart evaziga "Bavariya"da qolishga tayyor

  • 18 oktabr, 2024, 17:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" vingeri Leroy Sanening kelajagi jamoadagi kelajagi hamon so‘roq ostida qolmoqda, chunki futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.

Tecno

Taniqli jurnalist Kristian Falkning yozishicha, Sane shartnomasini uzaytirib, Myunxen klubida qolmoqchi. Biroq, bitta muammo bor - futbolchi faqat hozirgi maoshi darajasidagi, ya’ni yiliga 20 million evro bo‘lgan taklifni qabul qilishi mumkin. Agar "Bavariya"ning taklifi pastroq bo‘lsa, Sane boshqa klublar bilan muzokaralarga kirishishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 28 yoshli germaniyalik futbolchiga "Nyukasl" klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Aytish kerakki, Leroy uchun APL begona emas. U bundan avval bir necha mavsum "Manchester Siti"da o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!