
Sanjar Fayziev do‘stlari ortidan ketdi
Tennischimiz Sanjar Fayziev Moskvada o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning birinchi davrasida mezbonlar vakili Alibek Kachmazovga qarshi kortga chiqdi.
Sanjarning to‘liq ustunligida o‘tgan ushbu o‘yin 6:2, 6:1 hisobida yakunlandi va tennischimizgan ikkinchi davra yo‘llanmasini taqdim etdi.
Endi S.Fayziev chorak final uchun o‘tadigan uchrashuvda boshqa bir rus tennischisi Matvey Minin bilan o‘zaro kuch sinashadi.
Fikrlar