Sanjar Quvvatov: "Hozir natija uchun o‘ynaydigan emas, zahirani o‘ylab ish qiladigan payt"

  • 26.01.2026 20:14
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Toshkentning "Paxtakor" klubi Kosovaning "Prishtina Re" klubiga qarshi maydonga chiqdi. 1:2 hisobida yakuniga yetgan o‘yindan keyin jamoaga qaytgan Sanjar Quvvatov klub matbuot xizmatiga kichik intervyu berdi.

"Yig‘indagi ikkinchi o‘yinni o‘tkazdik. Afsuski raqib ikkita hujum qildi, ikkita gol urdi. Ikkinchisida qarshi hujumdan foydalanishdi. Aslida biz burchak zarbasini tepgan edik. Mavsum oldi yig‘indagi bu kabi o‘yinlarda turli eksperimentlarni tekshirib olamiz. Mana ikki o‘yindirki asosiy tarkibda 11 nafar yosh futbolchi tushyapti. Agar hozir biz dastlabki daqiqalardanoq asosiy tarkib bilan harakat qilsak bu kabi o‘yinlarda g‘alaba qozonamiz, ammo ertaga zahiramiz uchun kerak bo‘lgan yoshlarni o‘yinsiz qoldirgan bo‘lamiz. Bu yil oldimizda katta bir mavsum turgan paytda, yig‘inda ko‘proq asosiy urg‘uni tajribali futbolchilar bilan yoshlarni qorishtirib olishga qaratishimiz kerak", - dedi Quvvatov.

Ma’lumot uchun, Sanjar Quvvatov yangi mavsum oldidan "sherlar" safiga kelib qo‘shildi. U o‘tgan mavsuni Navoiyning "Qizilqum" klubida o‘tkazgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!