Sanjar Rixsiboev Tojikistonning eng kuchli jamoasiga qo‘shildi

  • 8 fevral, 2021, 19:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sanjar Rixsiboev bu yilgi mavsumni ham qo‘shni Tojikiston chempionatida davom ettirishi kutilyapti. Gap shundaki, futbolchimiz mamlakatning eng kuchli klubi va chempioni hisoblangan “Istiqlol”ga qo‘shildi.

Tecno

Aytish mumkinki, o‘tgan yili Rixsiboev Tojikistonning yana bir jamoasi - “Xo‘jand”da to‘p surgandi. Aslida o‘shanda mavsum tugayotgan paytdayoq unga “Istiqlol”dan qiziqish bo‘layotgani xususida gap-so‘zlar chiqqandi. Ko‘rinib turibdiki, bu bejiz emas ekan.

Futbolchining sports.uzga ma’lum qilishicha, “Istiqlol” klubi bosh murabbiyi Vitaliy Cherevchenkoning taklifiga ko‘ra, jamoa yig‘inida ishtirok etyapti. Tez orada Rixsiboev bilan shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!