
Sanjar Rizaev “Al Jazira” – “Al Jaish” uchrashuvida komissar sifatida ishlaydi
Qit’amizda klublar miqiyosida Osiyo Chempionlar ligasidan keyingi o‘rinda turuvchi OFK kubogi bahslari sekin-asta o‘zining hal qiluvchi pallasiga yaqinlashmoqda.
OFK kubogi-2019da mintaqalar bo‘yicha yarim final o‘yinlari start oldi. Kelasi hafta yarim final javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
G‘arb mintaqasida yarim final javob o‘yinlari doirasidagi “Al Jazira” (Iordaniya) – “Al Jaish” (Suriya) uchrashuvida hamyurtimiz Sanjar Rizaev uchrashuv komissari sifatida faoliyat olib boradigan bo‘ldi.
25 iyun / Amman (Iordaniya)
“Al Jazira” (Iordaniya) – “Al Jaish” (Suriya)
Bosh hakam: Liu Kvok Man (Gonkong)
Yordamchi hakamlar: Chov Chun Kit (Gonkong), Lav Ming Leong (Gonkong).
Zaxira hakami: Ismoil Habib Ali Ismoil (Bahrayn)
Nazoratchi: Muxtor Solih Ali al yarimi (Yaman)
Komissar: Sanjar Rizaev (O‘zbekiston)
Ta’kidlab o‘tamiz, mazkur uchrashuv 25 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar