
Sanjar Shoahmedov: Chetdan ham, o‘zimizdan ham takliflar bo‘lyapti
Malayziyaning “Terenganu” jamoasida o‘z o‘yinlari va ajoyib gollari bilan mahalliy muxlislarni xursand qila olgan Sanjar Shoahmedov klubi bilan shartnomasi yakunlangani sababli Toshkentga qaytib kelgandi.
Xorijdagi ikki yillik faoliyatidan keyin futbolchi yangi mavsumni qaerda o‘tkazmoqchi? Bu masala bo‘yicha Sanjar Shoahmedov sports.uz saytiga quyidagilarni aytdi:
- “Terenganu” jamoasi bilan shartnomam ikki yillik edi va bu muddat tugadi. Hozir uydaman, dam olyapman. Aniqrog‘i, erkin agentga aylanganman. To‘g‘ri, menga bir-ikkita takliflar bo‘lib turibdi, chetdan ham, o‘zimizdan ham. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Malayziyadan yaqinda kelganim bois hordiq chiqaryapman.
Aytishim kerakki, “Terenganu” jamoasidan yaxshi taassurotlar qoldi. O‘yinlarimiz ham mazmunli bo‘ldi, chempionatda 3-o‘rinni egalladik. “Terenganu” endi keyingi yili OFK kubogida ishtirok etadi, - dedi futbolchi.
Fikrlar