Sanjar Shoahmedov "Terenganu" bilan shartnomasini uzaytirdi
Joriy mavsumda Malayziya chempionatida o‘zini har tomonlama ko‘rsata olgan hamyurtimiz Sanjar Shoahmedov mahalliy muxlislarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
U «Terenganu» safida mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. Hamyurtimiz u erda chempionat va Kubok bahslarida hammasi bo‘lib 13 ta golning muallifiga aylandi. Qolaversa, Sanjar bir-biridan chiroyli gollar sohibiga aylangani ham diqqatga sazovordir.
Ko‘pchilik esa hamyurtimizning keyingi taqdiri qanday kechishi bilan qiziqayotgandi. Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblangan Shoahmedov «Terenganu» bilan yakuniga etgan shartnomasini yana bir yilga uzaytirgan. Albatta, unga boshqa mamlakatlardan ham takliflar bo‘lgan. Ammo «Terenganu» jamoasi rahbarlari Sanjar Shoahmedovni klubda saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.
Fikrlar