
Sanjar Tursunov: "Kel, burningni bir ishqab qo‘yay!"
91 kg. vazn toifasida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazayotgan hamyurtimiz Sanjar Tursunov kubalik Erislandi Savonga qarshi ringga ko‘tarildi.
Sanjarning bu yigitda alami qolgan: o‘tgan yili Gamburgda o‘tkazilgan jahon chempionati finalida omad undan yuz o‘girgan edi. Mana Vatanida eski raqibiga yana duch keldi. Jang tizginini qo‘lida ola bilgan Sanjar g‘alaba nashidasini surdi. Alamini oldi.
Fikrlar