"Santyago Bernabeu"da vaqtincha tennis kortlari quriladi

  • 25.03.2026 17:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadioni "Mutua Madrid Open" musobaqasi vaqtida vaqtincha tennis markaziga aylantiriladi.

"Marca" maʼlumotiga koʻra, 23–30 aprel kunlari arenada bir nechta grunt kortlar barpo etiladi va tennischilar oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish imkoniga ega boʻladi.

Shu bilan birga, musobaqaning asosiy bahslari anʼanaviy ravishda Kaxa Magika majmuasida 22 apreldan 3 mayga qadar oʻtkaziladi.

Bunday oʻzgarish "Real"ning taqvimi bilan bogʻliq: jamoa "Alaves"ga qarshi oʻyindan soʻng bir nechta safar uchrashuvlarini oʻtkazadi, bu esa stadiondan boshqa tadbirlar uchun foydalanish imkonini yaratadi.

Qayd etilishicha, bu qaror klubning yangilangan "Bernabeu'ni koʻp funksiyali arenaga aylantirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!