Sardor Azimov jarohatidan qutulib tarkibga qaytganidan keyin nimalarni aytdi?
Bugun "Andijon" jamoasi kechki mahal ikkinchi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Aytish kerakki, barchasi reja asosida davom etyapti. Futbolchilar ikkinchi davra uchun astoydil tayyorgarlik ko‘rishyapti.
Quvonarlisi, jarohati sababli ma’lum vaqt davolangan futbolchimiz – Sardor Azimov bugun klub ixtiyoriga qaytdi.
Jamoaning kechki mashg‘ulotida Sardor tiklanish uchun individual tarzda shug‘ullandi. Azimov mashg‘ulotdan so‘ng “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:
“Xudoga shukr, tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Hammasi ortda qoldi, deb o‘ylayman. Endi mashg‘ulotlarga qattiq kirishib, sport formamga tezroq qaytmoqchiman.
Umuman aytganda, yana jamoaga qaytganimdan xursandman. Yigitlarni shug‘ullanayotganini ko‘rib yanada tezroq ular bilan birga mashg‘ulotda qatnashishni xohlab, motivatsiyam ortib ketdi”, - deya fikr bildirdi, Azimov.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar