Sariq kartochka bilan jazolangan Abduqodir Husanov necha ballga loyiq ko‘rildi?

  • 18.12.2025 01:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Liga kubogining yarim final bosqichida "Manchester Siti" "Brentford" bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvni esa hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda boshlab, 90 daqiqa harakat qildi. 

To‘qnashuvning 16-daqiqasida esa O‘zbekiston milliy terma jamoamiz a’zosi raqibning hujumini to‘xtatgani bois, sariq kartochka bilan jazolandi. Mazkur o‘yindan keyin bir necha mashhur portallar o‘yinchimizning harakatlarini turlicha baholadi.

"Fotmob" vakilimizni 7.8 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 7.2 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan "Flashscore" sayti esa hamyurtimizga 7.3 ball berdi.

Kevin Schade of Brentford is fouled by Abdukodir Khusanov of Manchester City during the Carabao Cup Quarter Final match between Manchester City and...

Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 20 dekabr kuni "Vest Xem"ga o‘tkazadi. Ushbu bahs esa Toshkent vaqti bilan 20:00’da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!