Sarri A Seriyada rekord o‘rnatdi

  • 19.12.2019 11:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor kecha “Yuventus” A Seriyaning 17-turida safarda “Sampdoriya”ni 2:1 hisobida engdi.

E’tiborlisi, bu “keksa sinora” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri uchun A Seriyadagi 100-g‘alaba bo‘ldi. Unga bu ko‘rsatgichni qayd etish uchun 169 ta o‘yin etarli bo‘ldi.

Ta’kidlash kerakki, 60 yoshli italiyalik mutaxassis A Seriyada 1994 yildan buyon murabbiy sifatida ishlab kelmoqda.

Ma’lumot uchun, bu boradagi ikkinchi natija Karlo Anchelottiga (185 ta), uchinchi natija esa Roberto Manchiniga (197 ta) tegishli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!