Sarri iste’foga chiqarilsa, Jorjino ham "Chelsi"dan ketadimi?

  • 21.05.2019 13:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Jorjino “aristokratlar” safida to‘p surishda davom etadi.

Radio Kiss Kiss tarqatgan xabarga qaraganda 27 yoshli italiyalik futbolchining Londondagi kelajagi jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarriga bog‘liq emas. Ta’kidlash kerakki, aynan Sarri Jorjinoni “Napoli”dan o‘zi bilan birga “Chelsi”ga olib kelgan edi.

Ma’lumot uchun, Jorjino joriy mavsum APLda jami 37ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
21/05/2019 16:53
Агар Сарри кетмаса, Канте хор булиб кетади.