
Sarri va Emeri o‘zlarining debyut mavsumidayoq Evropa ligasi finaliga chiqishdi
Xabaringiz bor kecha “Chelsi” va “Arsenal” Evropa ligasi yarim finalida “Ayntraxt” hamda “Valensiya”ni engib hal qiluvchi bahsga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
E’tiborlisi, “aristokratlar” ham “kanonirlar” ham o‘zlarining yangi bosh murabbiylari bilan finalga yo‘l olishdi. Mauritsio Sarri o‘tgan yoz “Chelsi”da Antonio Kontening o‘rniga kelgan bo‘lsa, Unai Emeri “Arsenal”ni Arsen Vengerdan so‘ng qabul qilib olgan edi. Ushbu mutaxassislar o‘zlarining debyut mavsumlaridayoq jamoalarini evrokuboklar finaliga qadar olib kela olishdi.
Endi yo Sarri, yo Emeri ilk mavsumidayoq sovrin qo‘lga kiritish imkoniga ega.
Fikrlar