Sarri "Yuventus" bilan "2+1" ko‘rinishida shartnoma imzolaydi
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri tez orada "Yuventus"ga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra turinliklar sport direktori Fabio Paratichi kecha 14 iyun kuni Milan shahrida 60 yoshli italiyalik mutaxassisning agenti bilan uchrashgan. Muzokaralar yakunida tomonlar “2+1” ko‘rinishida shartnoma imzolashga kelishib olishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Sarri “Yuventus”da yiliga 6-7 mln evro maosh olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar