Saudiya Arabistoni murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan: Uning maydonga tusha olmasligi katta yo‘qotish

  • 14 iyun, 2021, 18:20
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Osiyo qit’asida jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabiston - O‘zbekiston o‘rtasidagi hal qiluvchi bahs bo‘lib o‘tadi. Jamoalar orasida ayni payt 2 ochko farq bor. G‘alaba qozongan tomoan guruhda birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oladi.

Tecno

- Singapur bilan o‘yin ko‘rsatdi, bizning guruh juda kuchli. Endi oldinda eng muhim o‘yinimiz kutib turibdi.

O‘zbekistonni juda hurmat qilamiz. Bu kuchli jamoa. Ayniqsa, Toshkentdagi uchrashuv juda raqobatli kechgandi. Ikkala jamoa keyingi bosqichga loyiq. Biroq futbolda har xil holatlar bo‘ladi. Bizning maqsad birinchi o‘rinni olish.

Al Dovsari bizning asosiy o‘yinchilardan biri edi. Uning maydonga tusha olmasligi katta yo‘qotish. Biroq futbol jamoaviy sport va murabbiyning vazifasi ana shunday vaziyatlarda muammoni bartaraf erish, o‘yinga salbiy ta’sirini kamaytirish, - dedi Evre Renar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
14/06/2021 19:47
Албатта катта йўқотиш.Чунки эртага инша Аллаҳ ғалаба биз томонда!
&
Турсун Ғани
14/06/2021 23:25
Эртага албатта Реванш олинади. Йўқотишлариз кўпаяверсин жаноби Эрвий ренар.
&
Dilshodbek shokirjonov
14/06/2021 21:06
Uzbekistan nomer 1
&
Abdushukurov O
14/06/2021 20:44
Hudo xohlasa, yutvoramiz.