Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 24-turdan keyingi turnir jadvali bilan tanishing
Saudiya Arabistoni Pro-ligasida 24-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.
24-tur yakunlariga ko‘ra, pro-ligada Krishtianu Ronalduning yetakchiligidagi Riyodning "An-Nasr" klubi karvonboshilik qilmoqda. Jamoa ortda qolgan 24ta uchrashuvdan so‘ng 61 ochko jamg‘argan. Ikkinchi pog‘onadan esa Jiddaning "Al-Ahli" klubi joy olgan. Ular so‘nggi tur yakunlariga ko‘ra 59 ochkoga ega. Kuchli uchlikni esa Riyodning yana bir klubi "Al-Hilol" yakunlab beradi. "Ko‘klar" hisobida 58 ochko mavjud. Amaldagi chempion "Al-ittihod" esa 42 ochko bilan 5-o‘rinni band etgan. To‘liq turnir jadvali bilan tanishing.

Ma’lumot uchun, 25-tur bahslariga 5 mart kuni start beriladi.
Fikrlar