Saudiya chempionati. "An-Nasr" Ronalduning gollari evaziga yirik g'alabani qo'lga kiritdi
Bilolbek Imomov
Bellashuv oʻz nihoyasiga yetdi
Saudiya chempionatining 22-turida "An-Nasr" klubi o‘z uyida "Al-Xazm"ni qabul qilib, yirim 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu to‘qnashuvda Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 963 va 964-gollarini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Portugaliyalik yulduz dastlab 13-daqiqada hisobni ochishga erishdi, 79-daqiqada esa dublni rasmiylashtirdi.
Bundan tashqari, Kingsli Koman (30) va Anjelo Gabriyel (77) ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, onlayn turnir jadvalida "An-Nasr" 55 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
Izohlar (0)