Saudiya Ko‘rfaz kubogida qatnashib yanada kuchayadi. Bizdachi? Terma jamoamiz yaqin vaqt ichida nimaning evaziga o‘sishga erishadi?

  • 15 noyabr, 2019, 19:12
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Qatar futbolida faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Alisher Nikimbaev O‘zbekiston milliy terma jamoasining Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvi oldidan SPORTS.uz saytiga intervyu berib, vakillarimiz g‘alaba qozonishlarini aytib o‘tgandi. Ammo terma jamoamiz alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Alisher Nikimbaev: Saudiya Arabistoni unchalik kuchli emas, O‘zbekiston bu o‘yinni yutishi kerak

Taxminlar o‘zini oqlamagach Nikimbaev telegramdagi sahifasida quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi. Gaplari davomida mutaxassis terma jamoamiz keyingi bosqichga o‘tishiga ishonishini aytib o‘tar ekan, guruhdagi asosiy raqobatchimiz Ko‘rfaz kubogida qatnashib, o‘yinini kuchaytirib borishini, vakillarimiz nimaning evaziga o‘sishga erishmoqchi ekanligi borasida futbolimiz mutasaddilariga savol bilan murojaat qildi.

- Umid qilamizki, murabbiylar shtabi Saudiya Arabistonidan uchralgan mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarib, sabablarini topib keyingi yil mart oyida bo‘ladigan o‘yinlarga kerakli o‘zgartirishlar kiritishadi.

Terma jamoamizning keyingi bosqichga o‘tishiga shubha qilmayman. Ayni paytda terma jamoamizda 6 ochko mavjud. Endi vakillarimiz navbatdagi  uchrashuvlarda g‘alaba qozonishlari kerak va shunda ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi 4 jamoa safida bo‘lishi mumkin. Terma jamoamiz ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysa, Saudiya Arabistonini taslim etib, bu kvartetda birinchi o‘rinni egallasa bo‘ladi.

Alisher Nikimbaev: Futbolchilar hissiyotga berildi? Unda Abramov 12 kun mashg‘ulotlarda nima qildi?

2951573742772

Ammo keyinchi? Uchinchi bosqichga Falastin, Yaman va Singapur chiqmasligi aniq. Hozirgi Saudiya Arabistonining o‘yini kuchayishda davom etadi. Yangi murabbiy jamoani yaxshiroq bilib oladi, yoshlar tajribaga ega bo‘ladi: bir hafta o‘tgach saudiyaliklar Ko‘rfaz kubogida ishtirok etishadi va ular bu musobaqada ashaddiy raqiblariga qarshi 3 ta o‘yin o‘tkazishadi, bu Renar va uning shogirdlariga foyda keltiradi.

Bizdachi? Terma jamoamiz yaqin vaqt ichida nimaning evaziga kuchayadi?, - deya izoh qoldirdi Alisher Nikimbaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
15/11/2019 19:37
Бизда супир лига борку келишилган уйинла бисёр унда шунинг евазига кучайишади
Аваз Бегматов
15/11/2019 19:41
Бизнинг футболимиз кучайиши учун ягона йул, футболчиларнинг уз устида ишлаши деб уйлайман. Нимага мен ман деган Роналду уз устида тинимсиз мехнат киладию(миллион лаб евро олиш га карамасдан) бизи футболчилар10-15 миллион олиб, корни тук, мошинаси бор, етади...! Ортик узини кийнаб нима килади. Энг ёмони хам манашу. Футболчиларимиз ялков ишёкмас булиб кетишган