Saudiya Pro-ligasi. "An-Nasr" Mane va Ronalduning gollari evaziga "Al-Ittihod"ni engdi

  • 27 sentabr, 01:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Pro-ligasining 4-turidan o‘rin olgan "Al-Ittihod" - "An-Nasr" klublari o‘rtasidagi markaziy bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. Mazkur to‘qnashuvda mehmonlar 2:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
 
Dastlab, uchrashuvning 9-daqiqasidayoq senegallik hujumchi Sadio Mane Komanning uzatmasini golga aylantirdi. 35-daqiqaga kelib esa Krishtianu Ronaldu oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Ushbu ikki gol o‘yin taqdirini hal qilgan holda, "An-Nasr"ga 3 ochkoni taqdim etdi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, ushbu bellashuvdan so‘ng "An-Nasr" 100 foizlik natija bilan peshqadam bo‘lib turibdi (12 ochko). Ikkinchi o‘rindagi "Al-Ittihod"da esa 9 ochko mavjud.

Tecno

  • Saudiya Arabistoni - Pro Liga
  • Joriy Mavsum

Al Ittihod

Tugadi
0 : 2

26.09.2025 23:00

An Nasr

  • Cristiano Ronaldo  35'
  • Sadio Mané 9'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!