Saudiyalik muxlislar Messini "troll qildi"

  • 23.11.2022 08:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Argentina - Saudiya Arabistoni (1:2) uchrashuvida nominal mehmonlar muxlislari Lionel Messini masxara qildi.

Gap shundaki, saudiyalik ishqibozlar bahs yakunida stadionni tark etayotgan argentinaliklarga qarata shunday deb baqirgan: "Messi qani? Uni ko‘ryapsizmi?"

O‘yinni yaxshi boshlagan Skaloni shogirdlari 10-daqiqada Messining tezkor goli evaziga hisobni ochgandi. Ammo "sahro lochinlari" ikkinchi taymni ancha faol o‘tkazib, 6 daqiqa ichida ikki bor Emiliano Martines postini ishg‘ol etdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!