
Saudiyaliklar qishki transfer bozorini ham “portlatmoqchi”
Saudiya Arabistoni klublari qishki transferlar oynasida ham Evropadagi bir necha yulduzlarni ko‘chirib kelishni rejalashtirgan.
Saudiya Arabistoni Professional ligasi transferlar bo‘yicha mas’ul direktori Maykl Emenalo Angliya Premer-ligasi klublarini shayxlar yanvarda katta transferlarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan ogohlantirdi.
Saudiyaliklarning asosiy transfer nishoni Muhammad Saloh bo‘ladi. Yozda “Liverpul” mutasaddilari misrlik forvard bo‘yicha 150 million funtlik taklifni qabul qilmagan edi.
Bu gal arablar Salohdan tashqari “Manchester Yunayted”dan Jeydon Sancho, Rafael Varan, Kazemiro, “Tottenxem”dan Son Xyon min va Risharlisonni olib kelmoqchi.
Fikrlar