Asosiy mazmunga oʻtish

Saul Alvares 4 nafar bokschini kuzatib bormoqda. Ular orasida biznikilar ham bormi?

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Meksikalik boks yulduzi o‘zi kuzatib borayotgan to‘rt nafar bokschi nomini aytdi.

Boks bo‘yicha WBO, WBC WBA Super, The Ring chempioni, meksikalik Saul Alvares o‘zi kuzatib borayotgan to‘rt nafar bokschi nomini aytdi.

“Menga barcha yaxshi bokschilarni tomosha qilish yoqadi. Ayniqsa, Aleksandr Usik, Rayan Garsiya, Teofimo Lopes, Jervonta Devisning ringdagi harakatlariga qoyil qolaman. Ular chindan ham zo‘r bokschilar" - deya Alvaresning so‘zlarini keltirdi "Ring Magazine" X (sobiq Twitter) akkauntida.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 14 sentyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida "Kanelo" puerto-rikolik bokschi Edgar Berlangani ochkolar evaziga mag‘lub etgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q