Saylovda g‘alaba qozonsam, Xoland “Real”da o‘ynaydi
Madridning “Real” klubi prezidenti lavozimiga nomzod Enrique Rikelme klub rahbari saylovlariga bir necha kun qolganida shov-shuvli bayonot berdi.
Biznesmen g‘alaba qozongan taqdirda norvegiyalik hujumchi Erling Holandning transferini amalga oshirish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Rikelme “Manchester Siti” forvardini olib kelish rejasi haqida Ispaniyaning El Hormiguero ko‘rsatuvi efirida gapirdi.
Dastur davomida u Holand familiyasi tushirilgan futbolkani hamda saylovoldi va’dalarini tasdiqlovchi notarial hujjatni namoyish qildi.
- Klub hech qachon sotilmaydi va 100 foiz klub a’zolari mulki bo‘lib qoladi. Bu hujjatda qayd etilgan.
Agar ushbu futbolchilar (Rodri va Holand) bo‘yicha va’dalarimdan hech bo‘lmaganda bittasini bajarmasam, men kafolat majburiyatini imzolagaman. Unga ko‘ra, va’da bajarilmagan taqdirda kelasi mavsum uchun barcha klub a’zolarining 100 foiz a’zolik badallarini o‘zim to‘lab beraman, - dedi Rikelme.

Fikrlar