Sebalos "Real"dan nima xohlayapti?
"Arsenal"ning "Real"dan ijaraga olgan yarim himoyachisi Dani Sebalos zudlik bilan londonliklar safini tark etishni istayapti.
23 yoshli futbolchi madridliklardan mavsum oxirigacha bo‘lgan ijara kelishuvini bekor qilishni so‘ragan va yangi klub topishni istayapti.
Bunga sabab, Sebalosda o‘yin amaliyoti kam bo‘lmoqda. U so‘nggi 4 ta uchrashuvni zaxirada o‘tkazdi.
Ispaniyalik futbolchi Evro-2020dan oldin terma jamoadagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yishdan xavfsiramoqda.
Fikrlar