Sebastyan Fundora va Kit Turman o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum
WBC yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rta vazn chempioni Sebastyan Fundora (23-1-1, 15 KO) o‘zining navbatdagi jangini 25 oktyabr kuni Las-Vegasda o‘tkazadi. Uning raqibi — yarim o‘rta vazn sobiq chempioni Kit Turman (31-1, 23 KO) etib belgilandi.
Fundora joriy yil iyul oyida avstraliyalik Tim Tszyuni mag‘lub etgan bo‘lsa. Turman mart oyida Brok Jarvisni nokautga uchratgan edi.
Bu to‘qnashuv chempionlik darajasida katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda.
Fikrlar