Sedrik Dumbe:"Hammasi juda kulgili !!!"

  • 29.01.2024 11:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 Yarim o‘rta vazn toifasida sobiq Glory chempioni va amaldagi PFL jangchisi Sedrik Dumbe(5-0) UFC ga muvaffaqiyatsiz o‘tganidan afsusda emasligini aytdi.

Hammasi juda kulgili. Ko‘p narsa biz o‘ylagandek bo‘lmadi. Bu ularning xatosi, men hech narsa yo‘qotmadim. Bu haqiqat. Sababsiz hech narsa sodir bo‘lmaydi. Ertaga nima bo‘lishini hech qachon bilmaymiz, lekin men UFC da qatnashmasligimga 90 foiz ishonchim komil. Men 20 yoshda emasman. Unchalik yosh jangchi ham emasman. O‘ylaymanki, men faoliyatimning boshlanishidan ko‘ra oxiriga yaqinroqman, shuning uchun UFC ga qatnashishim dargumon”, - dedi fransuz.

Eslatib o‘tamiz, Sedrik allaqachon UFC bilan shartnoma imzolagan va tashkilotdagi debyutini o‘tkazishi kerak edi, biroq o‘shanda Fransiya atletika komissiyasi tajribasi kamligi sababli unga jang o‘tkazishga ruxsat bermagandi. Natijada Dumbe debyut qilmay UFC ni tark etdi va PFL bilan shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!