Senegal yulduzi jarohatdan tuzalib safga qaytdi

  • 29.01.2022 16:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Senegal va "Liverpul" klubi futbolchisi Sadio Mane jarohatidan forig‘ bo‘ldi. Qayd etilishicha, u jamoasiga chorak finaldagi o‘yinida yordam berishi mumkin. 

Mane Afrika Millatlar kubogi doirasidagi Kabo-Verdega qarshi kechgan bahsda raqib darvozaboni bilan to‘qnashib, boshiga jiddiy zarba qabul qilib olgandi. Senegal shifokori Abdurahmon Fediorning ma’lum qilishicha, futbolchi hozir o‘zini yaxshi his qilmoqda. 

Shu tariqa, "Liverpul" vakili Ekvatorial Gvineyaga qarshi chorak final uchrashuvida jamoasiga yordam berishi mumkin. Mazkur o‘yin ertaga 00:00da start oladi.

Ma’lumot o‘rnida, Sadio Mane joriy mavsum APLdagi 20 uchrashuvda 8 ta gol va bitta assist muallifiga aylangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!