Asosiy mazmunga oʻtish

Senga Madridda “non” yo‘q! Arbeloa yangi jamoasiga “Real” futbolchisini chaqirdi

Angliya Premier-ligasining “Fulxem” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan  Alvaro Arbeloa “Real” yarim himoyachisi Sesar Palasiosni o‘z jamoasiga olib kelishdan manfaatdor.

AS nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis klub rahbariyatidan 20 yoshli futbolchining transferi imkoniyatlarini o‘rganishni so‘ragan.

Palasios hozirda “Real”ning asosiy jamoasi bilan mavsumoldi yig‘inini boshlagan, biroq kelasi mavsumni boshqa klubda o‘tkazishi kutilmoqda.

Avvalroq yarim himoyachi “Komo”ga o‘tishga juda yaqin kelgan va hatto Italiya klubi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan edi. Ammo yakunda bitim amalga oshmadi.

Futbolchiga “Portu” va “Osasuna” ham qiziqish bildirgan, biroq hozircha muzokaralar aniq natija bermagan.

Arbeloa shu yozda “Real” tizimidagi ko‘p yillik faoliyatidan keyin “Fulxem”ni qabul qilib oldi va akademiyada yaxshi tanigan futbolchilar bilan yana birga ishlashni istamoqda. Avvalroq u rahbariyatdan Gonsalo Garsiya, Fran Garsiya va Franko Mastantuononi ham taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q