Ser Aleks Fergyusonning armoniga aylangan futbolchi kim?

  • 6 may, 2022, 10:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Murabbiylar ko‘pincha o‘zlari o‘yinidan zavq oladigan futbolchilarni jamoasida ko‘rishni istaydi. Nafaqat "Manchester Yunayted", balki futbol tarixidagi eng kuchli mutaxassislardan biri Ser Aleks Fergyuson ham bundan mustasno emas. Shotlandiyalik murabbiy uzoq yillik faoliyati davomida bir futbolchi bilan shartnoma imzolashni juda istagan, ammo buni uddalay olmagan. Oradan yillar o‘tganiga qaramay, u aynan shu futbolchini faoliyati davomidagi qo‘li etmagan yagona ijrochi deb hisoblaydi.

Bundan ancha ilgari Cer Aleks murabbiylik faoliyati haqida bergan intervyusida qanday futbolchini jamoasida bo‘lishini doim orzu qilgani haqida so‘zlab berdi. SPORTS.uz o‘z o‘quvchilari uchun o‘sha matnni to‘liqligicha taqdim etadi. Yaqin o‘tmish afsonalari o‘rtasidagi suhbat va yillar davomida sir bo‘lib qolgan voqea sizlarni befarq qoldirmasligi aniq.

kweokgowekokweg

"90 yillar oxirida Turin super klubi safida Alesandro del Pero chinakam etakchi sifatida ko‘zga tashlana boshladi. Buni avvaliga "tumanli albion"da hech kim sezgani yo‘q, ammo "Manchester Yunayted" - "Yuventus" bahsidan so‘ng, hammasi o‘zgarib ketdi. O‘yin yakunlangach, xonamga Rayan Giggz va Garri Nevill hovliqib kirib keldi. Nevill mendan italiyalik iqtidorni o‘z jamoamizga qo‘shib olishimizni iltimos qildi. Giggz esa, bunday futbolchi bilan barcha musobaqalarda g‘olib chiqishimiz mumkinligini ta’kidladi. Ularni tinglar ekanman, yaqindagina yakuniga etgan uchrashuv voqealari ko‘z oldimdan o‘tdi. U qadar katta bo‘lmagan tanasini yaxshi boshqaribgina qolmay, hujum boshlash va yakunlashda benazir Alessandroni jamoamda ekanligini tasavvur qildim. O‘z-o‘zidan yuzimda tabassum paydo bo‘ldi. Kuchli zarbasi bor, standartlarni yaxshi ijro etuvchi, intellekti yuqori bo‘lgan hujumkor yarim himoyachini kim ham jamoasida bo‘lishini istamaydi?!

Ertasi kuniyoq "Yuve" rahbarlari va futbolchining agentiga aloqaga chiqdim. E’tiborlisi shundaki, faoliyatim davomida hech kim taklifimni oxirigacha eshitmay turib rad javobini bermagan. Del Pero shunday qildi. U so‘zlarimni o‘rtasidan bo‘ldi va dedi:

"Men uchun "Yuventus" eng zo‘ri! O‘ylashimcha, hech qaerda Turindagidek baxtli bo‘lmasam kerak. Pul, sovrinlar o‘z yo‘liga. Men futbolni sevaman. Unga boshqa klubda xiyonat qilmoqchi emasman. "Manchester Yunayted" kuchli jamoa. Uni hurmat qilaman, ammo "Yuve"ga xiyonat qilishga qo‘lim bormaydi. Cer, meni kechiring!"

To‘g‘risi, juda yomon ahvolga tushib qoldim. Yo‘q-yo‘q, u meni gapimni bo‘lgani uchun emas. Shunchaki, bu so‘zlarni eshitar ekanman, bu yigit hech qachon meni jamoamda harakat qilmasligiga amin bo‘ldim. Avval ham, keyin ham maydonda u singari to‘p tepadigan futbolchini ko‘rganim yo‘q.

owekgowekgowekg

2006 yilgi Jahon chempionati yakunlangach, uni jamoamga chorlashga qaror qildim. Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, urinib ko‘rdim. Sababi, agentlar "Real" ham unga "ko‘z tikkani" haqida aytishdi. Yordamchilarim "Mister Yuventus" uchun auktsion uyushtirilishini taxmin qilishdi. Ularga shoshmaslik kerakligini aytdim. Kechqurun uyga qaytar ekanman, chiday olmadim. Darrov del Peroga qo‘ng‘iroq qildim:"Sen hech qanday "Real"ga o‘tmaysan! Meni jamoamga kelasan va biz barcha turnirlarda g‘alaba qozonamiz!" Qat’iyat bilan aytgan so‘zlarimni sabr bilan tinglagan Alessandro engil kuldi. Keyin, ma’yus tovushda so‘zlay boshladi:

"Cer, siz meni yaxshi bilasiz. Bundan avvalgi suhbatimizdan keyin hech narsa o‘zgargani yo‘q. Hozir, klubim juda og‘ir ahvolga tushib qolgan. Uni qo‘rqoqlardek tashlab keta olmayman. Men jamoamga har qachongidanda ko‘proq kerakman. Sizni hurmat qilaman. Jamoangiz ham sayyoramizdagi eng zo‘ri, ammo mening qalbimda "Yuventus" bor. O‘z-o‘zimga xiyonat qila olmayman".

Uning so‘zlarini eshitar ekanman, norozi bo‘lishga haqqim yo‘q edi. Unga omad tiladim. Go‘shakni qo‘ygach, o‘tirib uzoq o‘yladim. O‘sha mavsum hech qanday transfer menga qiziq bo‘lmadi. Keyinroq, "Real" del Pero uchun fantastik maosh va uzoq yillik shartnoma taklif qilganiga qaramay, rad javobini olganini eshitdim.

Darhaqiqat, bu yigit futbolni boshqalar singari mashhurlik yoki millionlar uchun o‘ynamaydi. Futbol uning uchun hayot mazmuni. Alessandro shu narsadan baxt topgan, tamom. 2008 yilda u bilan stadionlardan birida ko‘rishib qoldik. Meni uzoqdan ko‘rgach, jilmayib oldimga keldi. Qo‘l uzatdim, meni bag‘riga bosib, qulog‘imga sekin shivirladi:

pl4gpl3pgl34

"Takliflaringizni rad etganim uchun meni kechiring! Jamoamni qutqarib qolishim shart edi".

To‘g‘risi, undan xafa bo‘lganim rost, lekin o‘sha ondyoq hamma gina-kuduratni unutib yubordim. Elkasiga qo‘limni qo‘yib: "Sen "Yuventus"ni qutqarib qolmoqchi eding va buni uddalading. Seni tabriklayman",-dedim. Intervyularni u qadar yaxshi ko‘rmayman, ammo menga berilgan savollardan hech qachon qochmaganman. Agar kimdir "Siz qo‘l ostingizda bo‘lishini istagan futbolchi kim?", deb savol bersa, o‘ylab o‘tirmay Alessandro del Pero deb javob beraman.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulla Hikmatov
17/05/2022 23:28
Bir nafasda o'qidim