Serbiyda o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkaziladi
Joriy yilning 14–21 aprel kunlari Serbiyaning Vrnjačka-Banja shahrida shaxmat bo‘yicha 8–18 yoshli o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Jahon Chempionati bo‘lib o‘tadi.
"Mazkur chempionatda qo‘shimcha tarkibda ishtirok etishni istaganlar 9 fevralga qadar O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Har bir qo‘shimcha tarkib ishtirokchisi uchun ota yoki ona tomonidan yozma ariza taqdim etilishi shart. Arizada ishtirokchiga hamrohliq qiluvchi shaxsning ma’lumotlari ham ko‘rsatilishi lozim", - deya xabar berdi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati.
Fikrlar