Serena Uilyams Londonda uzoq vaqt qolmoqchi
Xabaringiz bor London shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Uimbldon musobaqasining ikkinchi davra bellashuvlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahslarda amerikalik Serena Uilyams bolgariyalik Vitoriya Tomovaga qarshi kortga chiqib 6:4, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Serena musobaqaning uchinchi bosqichida germaniyalik Tatyana Mariya yoki frantsiyalik Kristina Mladenovich bilan raqobatlashadi.
Fikrlar