Serena Uilyams yana bir bor Parijni hayratga soldi
Amerikalik afsonaviy tennischi Serena Uilyams, "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" musobaqasini g‘alaba bilan boshladi.
Parij shahrida o‘tkazilayotgan mazkur turnirda Serenaning ilk raqibi, rossiyalik Vitaliya Dyachenko bo‘ldi. Uch set davom etgan o‘yinda Uilyams 2:6, 6:1, 6:0 hisobida raqibini taslim qildi.
Shu tariqa amerikalik tennischi, Frantsiya ochiq chempionatining ikkinchi davrasida yaponiyalik Kurumi Nara, yoki sloveniyalik Dalila Yakupovichga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar