Sergeev "Persepolis"ning Qatardagi yig‘iniga qo‘shildi

  • 06.01.2026 13:22
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Qatarda tashkil etilayotgan "Persepolis" jamoasining yig‘in lageriga yetib bordi va rasmiy jamoa safiga qo‘shildi.

Klubning rasmiy sayti ma’lum qilishicha, Sergeev shartnoma imzolagandan so‘ng, dushanba kuni kechqurun Qatarga yo‘l olgan. U jamoa Qatarda joylashgan "Aspire" mashg‘ulot bazasida murabbiylar shtabi a’zolariga tanishtirildi.

Shundan so‘ng, futbolchi jamoaning mavsum o‘rtasidagi tayyorgarlik yig‘inida ishtirok etishni boshlaydi. Igor tehronliklar murabbiylari rahbarligida o‘zining ilk mashg‘otini o‘tkazadi.

Ayni paytda "Persepolis" "Aspire" mashg‘ulot bazasida mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu yig‘in davomida jamoa jismoniy holatni yaxshilash, o‘yindagi o‘zaro tushunish va taktik tayyorgarlik ustida ish olib boradi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!