
Sergey Fomin birinchi to‘siqdan o‘tdi
Rossiyaning Moskva shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnirda Sergey Fomin ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Mazkur turnirning yakkalik bahslariga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra S.Fomin birinchi bosqichda mezbonlar vakili Savriyan Danilovni sinovdan o‘tkazdi.
Uch set davom etgan o‘yinda Sergey raqibini 6:3, 3:6, 6:3 hisobida taslim qildi. Uning ikkinchi davradagi raqibi birozdan so‘ng aniqlanadi.
Fikrlar