
Sergey Fomin Gretsiyada porlamoqda
Gretsiyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda Sergey Fomin juftlik bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda.
Tennischimiz ushbu musobaqada rossiyalik Shavla Janashiya bilan birgalikda juftlik hosil qildi va dastlabki davrada belgiyalik Nikolas Demerutis va Martin Van Der Mirchenni 6:7, 6:3, 10:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shuningdek, Sergey va Shavla chorak finalda amerikalik Patrik Kipson hamda Vasil Kirkov bilan kuch sinashishlari kerak edi. Ammo raqib tennischilari noma’lum sababga ko‘ra mazkur bahsga kelishmadi.
Shu tariqa, S.Fomin hamda Sh.Janashiya yarim final bosqichiga yo‘l olib, unda sloveniyalik Tom Deshman va amerikalik Aleksander Lebedev dueti bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar