
Sergey Fomin Turkiyada final uchun kurashadi
Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tayotgan xalqaro turnir chorak finaliga chiqdi.
Sergey musobaqaning ikkinchi davrasida ispan tennischisi Alexandro Manzanerani uch setda 3:6, 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 1/4 final bosqichida italiyalik Gabriel Pirainoga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Juftlik bahslarida Sergey Fomin neytral tennischi Daniil Golubev bilan tandem hosil qilib, chorak finalda chexiyalik Martin Krumich va shveytsariyalik Jeffri fon der Shulenburg duetini 6:1, 3:6,10:7 hisobida taslim qildi.
Endi Sergey va Daniil italiyalik Xuan Martin Manzano va ispaniyalik Alvaro Peiro Serrano juftligi bilan raqobatlashadi.
Fikrlar