Sergey Kovshov: «Sho‘rtan»ga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan

  • 3 aprel, 2019, 21:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

G‘uzorning «Sho‘rtan» klubi bu yil ham pro-liganing «A» guruhida qatnashadi. Xabaringiz bo‘lsa, u erda yana murabbiy o‘zgargan. O‘tgan yili jamoani Yorqin Nazarov boshqargandi. Bu yildan e’tiboran esa «Sho‘rtan»ga Sergey Kovshov bosh murabbiylik qilmoqda. Bungacha bir qator klublarda ishlagan mutaxassisning navbatdagi qadami qanday bo‘larkin? U muammolar girdobida qolgan «Sho‘rtan» bilan natija ko‘rsata oladimi? Murabbiy bilan suhbatda shu va yana boshqa savollarga javob oldik.

Tajribali mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra g‘uzorliklar bu yil Superliga yo‘llanmasi uchun kurashishadi.

- Eshitishimcha, murabbiy va futbolchilardan bo‘lgan qarzdorliklar deyarli hal qilingan. Chempionat davomida barcha qarzdorliklar bartaraf etiladi. Bizning oldimizga esa Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan. Shuning uchun ham bemalol ushbu maqsad uchun kurashyapmiz.

Sergey Kovshov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!