
Sergey Pavlovich: "Bugun narsalarni boshqa, ertagan boshqa rangda ko‘rasan! Qiziqishlar ham o‘zgarishi mumkin"
UFC jangchisi, rossiyalik Sergey Pavlovich faoliyatini yakunlagach, nimani rejalashtirayotgani haqida gapirdi.
"Baribir ertami-kechmi jangchi sifatidagi faoliyatim tugaydi. Keyin qaerga boraman? Qiziq savol. Oldindan taxmin qilishni istamayman. Hayot juda qiziq narsa. Balki yarim yildan keyin yozuvchi bo‘laman, balki dengizchi. UFC bilan shartnoma imzolaganim va hozirgi holatimni solishtirsam, ko‘p narsalarga boshqacha qaray boshladim. Dunyoqarashim o‘zgaradi. Juda uzoqqa qarashning foydasi yo‘q. Bugun narsalarni bir xil rangda ko‘rasan, ertaga esa boshqacha. Qiziqishlar ham o‘zgarishi mumkin", — dedi rossiyalik MMA ustasi Artyom Senatorovning You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Pavlovich so‘nggi jangini dominikanlik Valdo Kortes-Akostaga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar