Serjiu Konseysau "Al-Ittihod" bosh murabbiyi etib tayinlandi

  • 08.10.2025 01:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi portugaliyalik mutaxassis Serjiu Konseysau bilan shartnoma imzoladi.

Ta’kidlanishicha, 49 yoshli murabbiy jamoa bilan 2027 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma asosida ishlaydi.

Konseysau bilan birga uning murabbiylar shtabida quyidagilar faoliyat yuritadi: Joau Koshta, Siraman Dembele, Fabio Mura, Diamantino Figeyredu, Vedran Rune hamda performans tahlilchisi Eduardu Oliveyra.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!