
Server Ibragimov final yo‘llanmasiga ega chiqdi!
"Parij-2024" Paralimpiya o‘yinlarining para o‘q otish sportida erkaklar o‘rtasida 10 metr masoafaga to‘pponchadan otish bo‘yicha saralash bahslari yakunlandi. E’tiborlisi, ushbu yo‘nalishda qatnashgan hamyurtimiz Server Ibragimov 562 ochko jamg‘argan holda final bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bu yo‘nalishda final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.
Fikrlar