Serxio Ramos: "Ispaniyada Messiga qarshi o‘ynaganimda azob chekdim"
PSJ himoyachisi Serxio Ramos hozirgi jamoadoshi Lionel Messiga qarshi o‘ynagan paytlarini esladi.
"Ko‘p yillar davomida Messiga qarshi maydonda o‘ynashdan azob chekdim. Lekin hozir men uning yonida gapirishdan zavqlanaman. Messi - futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi", - deya himoyachining so‘zlarini keltiradi parijliklar matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Ramos ko‘p yillar davomida "Real" sardori bo‘lgan va Messi "Barselona" tarkibida unga qarshi maydonda to‘p tepgan. Ayni damda Ramos va Messi jamoadosh, 36 yoshli ispaniyalik himoyachi argentinalik kabi 2021 yildan buyon PSJda o‘ynamoqda.
Fikrlar