
Serxio Ramos: Mening maqsadim, terma jamoa safida 200 ta uchrashuv o‘tkazish
Ispaniya terma jamoasi va "Real" himoyachisi Serxio Ramos Ispaniyaning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas rekordini takrorlagani borasida fikrlarini bildirdi.
"Rekordlar nima uchun amal qiladi? Ularni yangilash va zabt etish uchun qayd etiladi. Umid qilaman ko‘proq o‘yinlarda maydonga tushaman va jarohatlar menga halaqit bermaydi.
Menda barchasi joyida va men sabrsizlik bilan terma jamoadan chaqiruvni kutaman. Mening maqsadim, terma jamoa safida 200 ta uchrashuv o‘tkazish.
Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Yildan yilga men futboldan zavq olishim kuchaymoqda. Avvaliga, terma jamoada o‘ynashni istadim, keyinchalik jamoa bilan birgalikda chempion bo‘ldim. Ba’zi insonlar meni terma jamoaga chaqirilmasligimni ham xohlashmoqda, ammo hali ko‘p yillar futbol o‘ynamoqchiman.
Men ishtiyoqimni saqlab qolaman va jamoa g‘alabalariga katta hissa qo‘sha olaman," - dedi Ramos.
Fikrlar