Seten nima uchun "Barselona"ni sudga berishga qaror qilganini ma’lum qildi

  • 1 dekabr, 2020, 17:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" sobiq ustozi Kike Seten kataloniyaliklar unga shartnoma bo‘yicha tovon puli to‘lamaganligi ortidan sudga berishga qaror qilgani haqida aytib o‘tdi.

"Shartnoma bekor qilinganidan so‘ng, "Barselona" menga tovon puli to‘lamadi, hech narsa taklif qilmadi. Hatto iste’foga chiqarilganimni aytish uchun qo‘ng‘iroq ham qilishmadi.

Shubhasiz, hozir klub qiyin vaqtlarni boshdan o‘tkazmoqda. Bu esa natijalarga ta’sir o‘tkazishi aniq.

Doimo muammolarni hal qilishga yordam bera olishingizga ishonasan, biroq gohida buning iloji bo‘lmay qoladi. Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildi", - deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Seten avgust oyida "Barselona" bosh murabbiyligidan bo‘shatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!