
"Sevilya" to‘purari Xitoy klubidan bo‘lgan super taklifni rad etdi
“Sevil” forvardi Vissam Ben-Yedder Xitoyning “Beytszin Guoan” klubidan bo‘lgan taklifni rad etdi.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra xitoyliklar 28 yoshli frantsiyalik futbolchiga yiliga 12 mln evro maosh va’da qilishgan. Uning bu taklifga rad javobini berishiga asosiy sabab, uning fikricha agar hozir Xitoyga ketsa, uning Frantsiya terma jamoasi safida Evro-2020da ishtirok etish imkoniyatlari deyarli yo‘qoladi. Shu bois u faoliyatini Evropaning kuchliroq klubida davom ettirmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda Ben-Yedderga MYu va PSJ klublaridan qiziqishlar bor.
Fikrlar