Asosiy mazmunga oʻtish

"Sevilya"da murabbiy o‘zgarishi mumkin

Ispaniyalik mutaxassis Xulen Lopetegi iste’foga chiqishi mumkin. Taniqli jurnalist Nikola Skiraning habar berishicha,  “Sevilya” – “Espanol” o‘yinida andalusiiyaliklar unga so‘nggi imkonni bermoqchi.

Agar “Sevilya” ushbu uchrashuvda imkoniyatni boy bersa, Lopetegi ishdan bo‘shatiladi. Klub bu mavsum La Liganing 4 uchrashuvida 3 mag‘lubiyat hamda 1  durang qayd etgan. Shuningdek, Chempionlar Ligasida ular “Siti”ga qarshi 1-tur uchrashuvida yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Raxbariyat uning o‘rniga Marselino Garsiya Toral variantini ko‘rib chiqmoqda. Malumot uchun, Lopetegi 2019 yildan beri ispan grandini boshqarib kelmoqda.



Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q