"Sevinch" jamoasi Maftuna Jonimqulova bilan shartnomani uzaytirdi

  • 11.12.2025 20:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Sevinch" klubi Maftuna Jonimqulova bilan shartnoma muddatini uzaytirdi.

"Nasaf" futbol klubi rahbariyati "Sevinch" jamoasi va ayollar milliy terma jamoasi a’zosi Maftuna Jonimqulova bilan  mehnat shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi.

Maftuna jamoamiz tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Jonimqulova jamoamiz bilan besh marotaba O‘zbekiston Chempionligi, besh marotaba O‘zbekiston Kubogi, to‘rt marotaba O‘zbekiston Superkubogi va ikki marotaba Oliy liganing ikkinchi o‘rinini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, tajribali darvozabon xalqaro maydonlarda ham jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Ishonamizki, ushbu hamkorlik kelgusi yilda ham jamoamiz uchun katta foyda keltiradi", - deyiladi klub matbuoti xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!