"Shabab Al Ahli" ustozi Aziz G‘aniev haqida gapirdi. U ertaga...
Xabaringiz bor, ertaga OChL-2020 1-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Shabab Al Ahli" uchrashuvi o‘tkaziladi.
Bugun o‘yindan oldingi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda mehmonlar ustozi Rodolfo Arruabarrena quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
- Ushbu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Raqib kuchli jamoa. Bu musobaqada katta tajriba to‘plagan. Raqib tarkibida O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari ko‘pchilikni tashkil etadi. Ba’zi futbolchilarni “Nasaf”ga qarshi bellashuv orqali yaxshi taniymiz.
O‘zbekistonda hali chempionat boshlanmagan. Bu raqibga ustunlik berishi mumkinmi? “Paxtakor” 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Ularning falsafasi bor. Shunga amal qiladi.
Jamoa chap qanotdan tezroq oldinga o‘tadi va boshqa chiziqlarda ham faol. O‘yinning borishidan turli holatlar yuzaga keladi. Umid qilamanki, ertaga stadionga ko‘proq muxlis tashrif buyuradi.
OChLdagi vazifamiz? Jamoa oldiga musobaqada qatnashish. Agar jamoa yaxshi natijalar qayd etsa, keyingi bosqichlarga chiqish vazifalari yuklatiladi. Bu har doim jamoaga qo‘yilgan vazifadir.
Ahmad Halil va Aziz G‘aniev yaxshi holatda va ular Toshkentga kelishgan. Aziz yaqindagina safimizga qo‘shildi va o‘yin falsafamizga kirishib ketishi uchun ozroq vaqt kerak, - dedi Rodolfo Arruabarrena.
Fikrlar