"Shabab Al Ahli" ustozi "Paxtakor"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 10 fevral, 2020, 18:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bugun biz kutgan farqli o‘yin bo‘ldi. Ob-havo va maydonning holati bois ikkala jamoa ham qiyinchilikka uchradi. Birinchi bo‘limda biz xatolar qildik. Raqib esa tezroq o‘ynadi va gol kiritishga erishdi. Ikkinchi bo‘limda esa vaziyatni o‘zgartirdik. Yaxshiroq o‘ynay boshladik va hisobni tenglashtirishga ham erishdik. Afsuski shundan so‘ng yana tezkor gol o‘tkazdik. Afsuski, uchrashuvni qutqarib qolish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo‘ldik, biroq foydalana olmadik. Maydon holati bois ikkala jamoa ham ikkinchi qavatda o‘ynashga majbur bo‘ldi. Musobaqa endi boshlandi va bizda hali imkoniyat bor. Ularda bor imkoniyatlarimizni ishga solishga harakat qilamiz.

Tecno

Biz erlab o‘ynaymiz. Maydon bilan bog‘liq muammo "Paxtakor"da ham bo‘ldi. Birinchi bo‘limda ular bunga bizdan ko‘ra ko‘proq tayyor edilar. Biz esa tanaffusidan keyingina xatolarimizni to‘g‘rilashga harakat qildik. Bizning falsafamiz bor: maydon qanday bo‘lishidan qat’iy nazar to‘pni nazorat qilib, erlatib o‘ynash. Shunday davom etamiz.

Aziz G‘aniev yaxshi o‘yin ko‘rsatdi deyishim mumkin. U jamoaga qo‘shilganiga bir hafta bo‘ldi va yangi jamoaga, yangi falsafaga kirishib ketishi uchun biroz vaqt kerak", - dedi argentinalik mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!