Shafqatsiz start! Fozilova va Hamidova raqibalarni ayamadi
Braziliyada davom etayotgan World Boxing kubogi doirasida -48 kg da yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Farzona Fozilova ham dastlabki jangini o‘tkazdi. U marokashlik Vissal Fahirga qarshi ringga ko‘tarildi. Butun raundlar mobaynida faol va aniq harakatlari evaziga Fozilova raqibasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Shuningdek, -65 kg vazn toifasidagi vakilamiz Navbahor Hamidova ham o‘z yurishini boshladi. U ilk bosqichda shvetsariyalik Anna Zhenniga qarshi bahs yuritdi. Kutilganidek Navbahor 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va navbatdagi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar